Skip to content
Home
Home
Who we are
What we do
Get the book

Shervud o'rmonidan Uoll-stritgacha: iqtisodiy tushunchalar bolalar adabiyotida

Fridrix Nauman Ozodlik Fondi

Makroiqtisodiyot bolalar o'yinidek oson emas, lekin u bolalar adabiyotiga kiritilgan mavzu bo'lishi mumkin. Aksariyat odamlar adolatli taqsimot tushinchasi bilan birinchi marta Robin Gudning Nottingem sherifiga qarshi salib yurishi epizodida tanishganlar, desak mubolag'a bo'lmaydi. Tom Soyerning tadbirkorlik faoliyati yoki Pippi Longstockingning bosma pullarga bo'lgan salbiy qarashi (u otasidan bir amallab olgan oltin tangalarga nisbatan) kabi havolalar boshqa kitoblarda yoritilgan ko'plab iqtisodiy tushunchalar jumlasiga kiradi.

Fridrix Nauman Ozodlik Fondi uchun olib borilgan yangi tadqiqotda bolalar va o'smirlar kitoblarida iqtisodiy mavzular qanday yoritlishi o'rganilgan. Xans Yurgen Shlyosser, Mixael Shuxen va Xelen Shlyosserlar «Devid Kopperfild» va «Tom Soyer» kabi klassikalarni, shuningdek, hozirgi paytda eng ko'p sotilgan va ilmiy-ommabop kitoblarni o'rganishadi. Ularning uch asrlik davrni qamragan bolalar va o'smirlar adabiyoti tahlilida umumiy mavzular, eskirgan klishelar va iqtisodiy mavzularga pedagogik jihatdan yondashuvlarga oid turli qimmatbaho misollar yoritib berilgan. Demak, ushbu tadqiqot nafaqat iqtisod didaktikasiga qiziqqan har bir kishi uchun, balki tug'ilgan kunga munosib sovg'a qidirayotgan ota-onalar uchun ham foydali qo'llanmadir.

«Bolalar va o'smirlar adabiyoti iqtisodiy dunyoqarashni erta yoshdayoq shakllantiradi», deb tadqiqot mualliflari xulosa qiladi. Daromad, boylik va raqobat tushunchalari, avvalo, adabiy qahramonlar va badkirdorlar bilan yuzma-yuz kelganda javoban shakllanadi. Ko'p hollarda iqtisodiy tushunchalar juda oddiy yoritiladi: pul shunchaki mavjud va boylik cheksizdir.

Ayrim kitoblar esa ancha ibratliroqdir. Masalan, Charlz Dikkensning shoh asari «Devid Kopperfild» «19-asrdagi ijtimoiy va iqtisodiy sharoitning nozik rasmini chizadi», «Robinzon Kruzo» esa insonning zukkoligini va texnologik taraqqiyotini nishonlaydi. Bundan tashqari, «Garri Potter», «Molly Moon» va «Sehli gul do'koni» kabilarda valyuta ayirboshlash, oldi-sotdi shartnomalari va iqtisodiy munosabatlarning boshqa ko'plab misollari muhokama qilinadi.

Keyingi paytlarda, adabiy asarlar aniq pedagogik maqsadni ko'zlagan badiiy adabiyotlar bilan to'ldirilmoqda. Misol uchun, iqtisod bo'yicha jurnalist Nikolaus Payper yosh kitobxonlarni yoqilg'i quyish shoxobchasidan fond bozoriga olib boradi va Lara Brayan va Endi Prentislar esa yosh kitobxonlarga Nobel mukofoti sovrindori iqtisodchi Elinor Ostrom va jamoat mulki mavzularini yoritib beradi.

Ota-onalar va o'qituvchilarda keng tanlov imkoniyati bor.

«Ba'zi adabiyotlar erkin bozorni qo'llab-quvvatlaydi, boshqalari esa kapitalizm va globallashuvni qattiq tanqid qiladi», deb ta'kidlaydi mualliflar. |«Tanqidiy kitoblarda biznesmenlar salbiy yoki nomaqbul tarzda tavsiflanadi. Ushbu hollarda, rasmlar ko'pincha kilshe bo'lib qolgan sigaret chekayotgan tadbirkorni tasvirlaydi. Boylik va daromad faqatgina qonuniy yoki noqonuniy yo'l bilan orttirilganiga qarab baholanadi».

Bolalarni erta yoshlik davridagi g'oyalar va tushunchalar bilan tanishtirish muhimligini ta'kidlaydigan tadqiqotlar nuqtai nazaridan, bu tavsiflarga jiddiy yondashish kerak. Tadbirkorlik haqidagi klishe-jimjimador tasavvurlar keyinchalik erkin bozorlarga bo'lgan salbiy qarashga aylanishi mumkin. Va aksincha, iqtisodiy tushunchalarni etra yoshdayoq yaxshi anglab olish keyinchalik katta foyda keltirishi mumkin. Axir, iqtisodiy savodxonlik jodugarlik emas.

Ushbu maqola Fridrix Nauman Ozodlik Fondi tomonidan taqdim etilgan.

Maqola bilan bo'lishing