Savdoning boylik yaratishning ikki yo'li
Biz shunchalik tez-tez savdo qilamizki, bu haqda o'ylab o'ttirmaymiz ham. Bu oddiy holatga aylangan va haqiqatan ham, agar siz ushbu maqolani o'qiyotgan bo'lsangiz, siz istagan narsangizni sotib olishga va uni bir necha kun ichida uyingizga yetkazib berishga imkon beruvchi cho'ntak o'lchamdagi superkompyuteringiz bo'lmagan dunyoni tasavvur qilmasangiz kerak.
Savdo boylik yaratadi. Boylik odamlar qadrlaydigan narsa ekanligi esingizdadir. Bu yangi narsa yaratmasdan, faqatgina eski narsani boshqa qo'llarga topshirish orqali boylik yaratish mumkinligini anglatadi. Siz «bir kishining lash-lushi boshqa kishi uchun xazinadir» deyilgan aforizmni eshitgan bo'lishingiz kerak. Savdo lash-lushni bir qo'ldan boshqasiga o'tkazib, uni xazinaga aylantiradi.
Keling, bunga quyidagicha yondoshing. Siz hech bir vaqt eski buymlar do'konidan chindan ham ajoyib narsa sotib olganmisiz? 2017-yilning kuz semestridagi makroiqtisodiyot fani imtihonimdan bir kun oldin men rafiqam bilan eski buyumlar do'koniga bordik. Men 1995-yilgi Birmingem Barrakudalarning o'sha yillarda chiqqan futbolkasini topdim. Agar siz Barrakudalar kimligini bilmasangiz, siz yolg'iz emassiz. Ular Birmingemning Kanada futbol ligasining 1990-yillardagi chegara janubidagi omadsiz tashabbusiga imkon beruvchi guruh edi. Ular atigi bir mavsum davom etishdi. Men futbolka uchun 2 dollar to'lagan bo'lsam kerak. Aslida, unga jonim bilan 5 dollar berardim. Savdo orqali biz yangi kiyim yaratmadik, lekin Barrakudalar futbolkasini sotib olganimda jamiyat farovonligi oshdi.
Muhimi, kimdir buning uchun daromad ko'rdi. Eski buymlar sotadigan komission do'konlar bir oz farq qiladi, chunki ular odatda notijorat tashkilot hisoblanadi, lekin do'kon ishchilari men xohlagan vaqtda, man xohlagan buyumni taklif etish orqali qiymat yaratadilar. Do'kon menejerlari va egalarining daromadi ularning boylik yaratishga qo'shgan hissasiga bog'liq. Buyumlarni kamroq qadrlaydigan odamlardan ko'proq qadrlaydiganlarga o'tkazish savdoning boylik yaratishning muhim yo'li hisoblanadi.
Savdo yana boshqa yo'l bilan boylik yaratishini va nega ulkan Jeyson Momoaning tansoqchilari borligini ko'rsatadigan oddiy misolni ko'raylik. Faraz qilaylik, Xan va Lando ismli ikki kishi bor. Ular ikkita mahsulot: olma va apelsin ishlab chiqarishi mumkin. Bir yilda Xon 100 000 ta olma yoki 50 000 ta apelsin yetishtira oladi. Lando esa 200 000 ta olma yoki 400 000 ta apelsin yetishtira oladi. Bu erda «yoki» so'zi muhim ahamiyatga ega. Bu «va» degani emas. Agar Xan ko'proq olma yetishtirmoqchi bo'lsa, u kamroq apelsin yetishtirishiga to'g'ri keladi va aksincha. Lando uchun ham xuddi shunday.
Misolimizda Lando ayniqsa mohir dehqonga o'xshaydi. U Xanga qaraganda ko'proq olma yetishtirishi mumkin. Buning ustiga, u Xanga qaraganda ko'proq apelsin ham yetishtirisha oladi. U, iqtisodchilarning aytishi bo'yicha, olma yetishtirish bo'yicha mutlaq ustunlikka (u bir yilda ko'proq hosil oladi) va apelsin yetishtirish bo'yicha ham mutlaq ustunlikka (bir yilda ko'proq ishlab chiqara oladi) ega.
Ko'plab ommaviy sharhlovchilar o'zlarining sharhlarida, agar umuman shunchalik uzoqqa yetib kelishgan taqdirda ham, aynan shu joyga kelib to'xtashadi. Lando uchun Xan bilan savdo qilishdan hech qanday manfaat yo'q, chunki u olma va apelsinlarning ikkalsi bo'yicha mutlaq ustunlikka ega. Agar faqat yuqori mahsuldor Landolardan iborat bir jamiyat va past mahsuldor Hanlardan iborat ikkinchi jamiyat mavjud bo'lsa, ko'plab sharhlovchilar Xanlar Landolar uchun xavf degan xulosaga kelishadi.
Ammo bu unday emas. Keyingi satrlarda tasvirlangan dalillar, menga deyarli har kuni ta'sir qilgani kabi, sizning dunyqarashingizni ham butunlay turtkilab yuborsa ajablanali emas.
Keling, Landoga olma va apelsin yetishtirish qanchaga tushishini va Xanga ham olma va apelsin yetishtirish qanchaga tushishini hisoblaylik.
Asl ma'no shu yerdan kelib chiqadi. Biz muqobil qiymatni, ya'ni bir ishni emas, boshqasini qilishga qaror qilganingizda, o'sha muqobil ishning siz uchun bo'lgan qiymatini hisoblashimiz kerak. Bizning misolimizda olmaning muqobil qiymati apelsin va apelsinning muqobil qiymati olma hisoblanadi. Bizda Xan va Landoning ishlab chiqarish imkoniyati to'g'risidagi ma'lumotlar borligi sababli, biz bu borada aniq raqamlardan foydalanishimiz mumkin.
Muqobil qiymat – bu biror narsaga ega bo'lish uchun voz kechiladigan narsaning qiymatidir. Xan uchun apelsinning muqobil qiymatini topish uchun u boy bergan olmalar sonini u yetishtirgan apelsinlar soniga bo'lish kerak. 50 000 ta apelsin uchun u 100 000 ta olmadan voz kechish kerak, shuning uchun har bir apelsin Xanga ikkita olmaga tushadi. Xanning olma yetishtirishning muqobil qiymati ham xuddi shunday hisoblanadi. 100 000 ta olma yetishtirish uchun u 50 000 ta apelsindan voz kechishi kerak. Demak, Xan uchun bitta olmaning muqobil qiymati yarim dona apelsinga tengdir.
Lando uchun ham xuddi shunday hisob-kitob qilishimiz mumkin. U 200 000 ta olma uchun 400 000 ta apelsindan voz kechishi keark, shuning uchun har bir olma unga ikkita apelsinga to'g'ri keladi. 400 000 ta apelsin uchun esa, u 200 000 ta olmadan voz kechishi kerak, demak har bir apelsin unga yarim dona olmaga to'g'ri keladi.
Ikki muqobil qiymatni hisobladik, endi ularni solishtirsak ham bo'ladi. Xanning bitta apelsin yetishtirishning muqobil qiymati ikkita olmaga teng. Landoning bitta apelsin yetishtirishning muqobil qiymati esa – yarim dona olma. Ularning ichida Lando eng past xarajatga ega, ya'ni u apelsin yetishtirishda qiyosiy ustunlikka ega. Aksincha, Xanning olma yetishtirish uchun muqobil qiymat yarim dona apelsinga teng, Lando uchun esa olmaning muqobil qiymati ikki dona olmaga to'g'ri keladi. Bu holda Xan olma yetishtirishda eng past xarajatga ega va shuning uchun uning olmada nisbiy ustunligi mavjud.
Savdo orqali Xan va Lando mustaqil ishlab chiqargandan ko'ra ko'proq olma va apelsin yetishtirishlari yoki ma'lum miqdordagi olma va apelsinni kamroq mehnat bilan yetishtirishlari mumkin.
Muqobil qiymatni bilsak, har birining savdo qilishga rozi bo'ladigan narxlarni hisoblashimiz mumkin. Xanni olma sotuvchisi (apelsinlar evaziga) va Landoni olma xaridori (apelsinlar bilan) sifatida tasavvur qiling.
Deylik, Landoga olma kerak. Keling, uning qarori haqida o'ylab ko'raylik. U olmani o'zi yetishtirishi mumkin. Bu holda u yetishtirgan har bir olma unga ikkita apelsinga tushadi.
Uning boshqa varianti bu vaqtini, kuchini va e'tiborini apelsin yetishtirishga qaratib, o'zi yetishtirgan apelsinlarning bir qismini Xanning olmalariga almashtirishdir. Agar u Xanni har bir olma uchun ikkita apelsindan arzonroq narxga savdo qilishga ko'ndira olsa, u o'zi yetishtirgandan ko'ra arzonroq olmaga ega bolishi mumkin.
Lekin bu biroz harakatni talab qiladi. Axir, Xan aldanib qolishni xohlamaydi, to'g'rimi? Ammo e'tibor bering: Lando unga to'g'ri narxni taklif qilar ekan, Xan aldanmaydi.
To'g'ri narx nima, deb so'rashingiz mumkin. Xanning har bir olma uchun muqobil qiymati yarim apelsindir. Agar Lando unga olma uchun yarim apelsindan ko'proq miqdorni taklif qilsa, Xanning vaziyati savdo orqali yaxshilanadi. Aytaylik, Lando unga bir dona olma uchun bitta apelsin taklif qiladi. Xan yarim apelsin evaziga bitta olma yetishtirib, o'sha olmani bitta apelsinga almashtiradi. Uning vaziyati jami bilan yarim apelsin hisobida yaxshilanadi.
Avvalambor, nima uchun Landoning o'zi bu taklifni berishga tayyor bo'lishi kerak? O'z olmalarini o'zi yetishtirish unga qanchalik qimmatga tushishini eslab ko'ring. Har bir olma unga ikkita apelsinga tushadi. Agar, o'rnida, u apelsin yetishtirib, uni Xanga olma uchun sotsa, u o'zi olma yetishtirganiga nisbatan apelsinga ixtisoslashib, uni olmaga savdo qilsa, bir dona olma yutadi.
Olma yetishtiruvchi Xan o'z sa'y-harakatlari bilan ko'proq olma va apelsinga ega bo'ladi, chunki u Lando bilan savdo qila oladi. Olma xaridori Lando ham o'z sa'y-harakatlari bilan ko'proq olma va apelsinlarga ega, chunki u Xan bilan savdo qila oladi.
Bu yerda ikkalasi ham hech qanday hiyla-nayrang, mug'ombirlik, olma yetishtirishning sirli yangi texnologiyasi, genetik o'zgarishlardan foydalangani yo'q. Shunchaki savdo qila oladigan ikki kishi kelishib, ular yakka mustaqil bo'lganidan ko'ra, birgalikda ko'proq narsaga erisha oldilar.
Ular kelishgan narx nima bo'ladi? Olmaning 0,5 dan 2 gacha bo'lgan har qanday «apelsin narxi» ikkalasi uchun ham manfaatlidir. Ko'p sonli xaridor va sotuvchilardan iborat bo'lgan raqobatbardosh bozorda raqobat kelib chiqadigan narxlarning darajasini belgilaydi.
Yuqoridagilar to'rtta muhim jihatni ko'rsatadi:
1. Sotuvchilar xaridorlar bilan biznes yuritish imkoniyati uchun boshqa sotuvchilar bilan raqobatlashadi: Xan Lando bilan savdo qilish uchun boshqa barcha sotuvchilar bilan raqobatlashishi kerak. Bu yerda Landoning juda kuchli huquqi bor: yo'q deyish huquqi, ya'ni Xan Landoga olmalarini sotishni xohlasa, u harakat qilishi kerak.
2. Xaridorlar sotuvchilar bilan savdo qilish huquqi uchun boshqa xaridorlar bilan raqobatlashadilar. Lando boshqa barcha xaridorlar bilan Xanning mahsuloti uchun raqobatlashadi. Erkin bozorda Xanning Lando kabi kuchli huquqi bor: yo'q deyish huquqi, ya'ni Lando Xanning olmalarini olishni istasa, u harakat qilishi kerak.
3. Siz begonalarni ularning nomidan ishlagingniz evaziga o'z nomingizdan ishlashi uchun yollaysiz. Boshqacha qilib aytganda, ularning manfaati yo'lida ish tutib, siz ularni sizning manfaatingiz yo'lida ish tutishga ishontirasiz.
4. Biznes bo'yicha bir saboq: Odamlar resurslarni kamroq qadrlanadigan joydan ko'proq qadrlanadigan joyga o'tkazish orqali qiymat yaratadilar. Bizning holda, Xan olma yetishtirishga ko'proq vaqt sarflash orqali qiymat yaratadi va Lando apelsin yetishtirishga ko'proq vaqt sarflash orqali qiymat yaratadi.
Oxir-oqibat, olma bozori muvozanatga erishadi va bu vaziyat innovator kelib, olma aravasini siljitmaguncha o'zgarmaydi.
Ushbu maqola Art Garden va American Institute for Economic Research tomonidan taqdim etilgan bo'lib, undan Creative Commons Attribution 4.0 xalqaro litsenziyaga muvofiq foydalanilgan. Original versiyasini ushbu linkda o'qishingiz mumkin.